O‘zbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi. O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi. 1949-yil 1-oktabr…

O‘zbekiston Prezidenti parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi. Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar, qo‘shma…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifini XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvdan boshladi. Xalq yig‘inlari uyida o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. XXR hukumati rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari barcha soha va…

O‘zbekiston Prezidenti Pekindan Shenchjenga keldi

Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga keldi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kutib oldi. Ertaga, 25-yanvar kuni davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun…

O‘zbekiston Prezidenti Pekinga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni O‘zbekiston yetakchisi XXR…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida erishilgan natijalar va xalqaro musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi. Mamlakatimizda sport ancha ommalashgan, yoshlar sportsevar. Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” jismoniy madaniyatni yanada keng yoyishga xizmat qilmoqda. O‘tgan yili mazkur olimpiada doirasidagi musobaqalarda 6 million 400 ming nafar yoshlar qamrab olindi. Sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan,…

Sog‘liqni saqlash sohasidagi takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Bu islohotlarni jadallashtirish va hayotga samarali tatbiq etish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida takliflar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog‘liqni saqlash…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish…

Investitsiya, eksport va sanoat sohalaridagi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-yanvar kuni 2024-yilda investitsiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Bunga faqat ichki bozor bilan erishib bo‘lmaydi, asosiysi – xorijiy investitsiyalarni faol…