Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib,…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch…

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga…

Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,…

Qishloq xo‘jaligi eksportini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 2023-yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu sohadagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin mavjud salohiyat bundan ancha yuqori. Shu bois davlatimiz rahbari 18 yanvar kuni eksport va sanoat masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilikka doir vazifalarni ham ko‘rsatib o‘tgan edi.…

Metallurgiya sohasidagi rejalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi.  So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush…

Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Dunyoda farmatsevtika sanoati kengayib bormoqda, dori-darmonlarning yangicha turlari va tarkiblari paydo bo‘lmoqda. Bu ularning sifatini doimiy nazorat qilish, nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois 23-yanvar kuni “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha…

Birinchi Prezidentimiz yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi. Fidoyilarini e’zozlagan…

Qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ishlar tahlil qilinib, muhim vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-yanvar kuni uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Aholiga munosib sharoitlar yaratish, hayot sifatini taminlash maqsadida bu sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili hududlarda mingdan ortiq infratuzilma inshooti, 2 mingga yaqin ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi. Avtomobil yo‘llari, suv va…

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  26-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar. Mamlakatlarimiz…