Joriy yilga mo‘ljallangan strategik islohotlar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030-yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga daromadni 4 ming dollarga yetkazib, bu borada o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirish maqsadi belgilangan. Buning uchun iqtisodiyotda transformatsiya jarayonlarini izchil davom…

O‘zbekiston Prezidenti Vengriyaning “OTP” guruhi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlatimiz rahbari bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ularning sifatini oshirish, kichik va oilaviy biznes uchun innovatsion va hamyonbop…

Qishloq xo‘jaligida unumdorlik va manfaatdorlikni oshirish choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-fevral kuni qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ham miqdor, ham samaradorlik jihatidan rivojlanmoqda. Klaster tizimi orqali yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib kelmoqda. 2023-yilda sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga o‘sib, 426 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport…

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi ishtirokchilariga

Hurmatli delegatlar! Xonimlar va janoblar! Atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlash yo‘lidagi muhim xalqaro tadbir – Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi yig‘ilishining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy tabriklayman. Avvalambor, Konvensiya kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiga ushbu nufuzli anjumanni mamlakatimizda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman. Jahon…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida uchrashuv o‘tkazdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025-yillarda Sport sohasida…

Prezidentlar Texnopark faoliyati bilan tanishdi

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon e’tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365…

Davlat rahbarlari birgalikda daraxt ekdilar

“Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston-Belarus sammiti yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar.

Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Tashrif arafasida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Bungacha yetakchi oliygohlar rektorlari va tibbiyot muassasalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston Prezidenti jurnalistlar e’tiborini keyingi…

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan: – 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; – Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim; –…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi. Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo…