Tomorqa va uy xo‘jaligi – aholi daromadini oshirishda katta manba

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi omilkorlik bilan tanishdi. Mamlakatimizda dolzarb masalalardan biri – bandlik. Iqtisodiy islohotlar yoki hududiy dasturlar bo‘lsin, barchasining zamirida ish o‘rinlari ochish, aholi hayotini yaxshilash maqsadi mujassam. Bularning natijasida so‘nggi yillarda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qildi. Qariyb 2 million odam kambag‘allikdan…

Prezident: Bu yil iqtisodiyotimizda hayotiy uyg‘onish va yuksalish yili bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi. Bu yerda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlari, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, banklar va mahallalar vakillari qatnashdi. Davlatimiz rahbari odamlar yaxshi yashashga intilayotgani,…

Ramazon fazilati va tinchlik qadri haqida samimiy muloqot bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga yo‘l oldi. Safar asnosida davlatimiz rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z bordi. Ma’lumki, 11-mart kuni butun islom ummati qatori  yurtimiz musulmonlari ham bu qutlug‘ oyni xursandchilik bilan kutib…

Uy-joylar qurilishi sohasidagi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida barcha hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun to‘rt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan davrda barcha manbalardan 100…

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlatimiz rahbari 2023-yil 18-dekabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytgan edi. Shundan so‘ng, ekspertlar ishtirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili eksportchi korxonalarga 665 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilib, 3 milliard 200 million…

O‘zbekiston xalqiga tabrik

Qadrli vatandoshlar! Butun Yer yuzidagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar. Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy…

Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Ruhiy poklanish, yaxshi amallarni ado etish, jamiyatda muruvvat, mehr-shafqat va ezgulik kabi qadriyatlarni qaror toptirishga intilishni o‘zida mujassam etgan, barcha musulmonlar uchun muborak Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar mamlakatimizning…

O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami…

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy o‘zligimizni tiklash, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida g‘oyat muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan ezgu an’analarini munosib davom ettirishga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Vatanimizning qadimiy tarixini chuqur o‘rganish, buyuk alloma va aziz avliyolarimizning ibratli hayot yo‘li, noyob ilmiy merosini…

Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi. – Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona…