Sanoat korxonasining mahsulot va loyihalari bilan tanishildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021-yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan ta’minlandi. Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining…