Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish choralari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi. Butun dunyoda ishchi kuchi ko‘chib yurishi tabiiy jarayon. Mamlakatimizda bunday fuqarolarni chet elga tartibli va xavfsiz jo‘natish bo‘yicha muayyan ishlar qilinmoqda. Oxirgi ikki yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 70 ming kishi rivojlangan davlatlarga yuborilgan. Lekin ayrim odamlar malaka talab qilmaydigan…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti XXR delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni joriy yilning yanvar oyida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvdagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu…

Jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi yirik obyektlarida, shu jumladan savdo-ko‘ngilochar majmualar, bog‘lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining tashkil etilishi to‘g‘risidagi…

Iqtisodiyotni barqaror o‘stirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, shu jumladan, yirik korxonalarni transformatsiya qilish, hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida soha va tarmoqlarda iqtisodiy faollik oshib bormoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki…

“Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Hududlarda bog‘lar yaratish, yo‘l bo‘ylarida 10 qatordan daraxtlar ekish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.…

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yillardagi…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston hududlari va SHUAR o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitda strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi. O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan…

Namangan xalqaro aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Farg‘ona vodiysidan mamlakatimiz vohalariga dovon orqali o‘tiladi. Poyezd qatnovlari hamma yo‘nalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi. Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik…

Namangandagi bunyodkorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, bog‘ va muzey barpo etilgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda jadid bobomiz nomida chet tillari oliygohi tashkil qilish maqsadini aytgandi. Bu hayotga ko‘chib, 2022-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida shunday institut tashkil topdi. Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta…