San’at ma’naviy boy avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi
Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabini ko‘zdan kechirdi. Maktab o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. 250 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Joriy o‘quv yilida 1-sinfga 145 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilingan. Bu yerda yoshlar 12 yo‘nalish bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim oladi. O‘quvchilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi. Ellikka yaqin o‘quv va kompyuter xonalari, tadbirlar zalida…