O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini…











