O‘zbekiston Prezidenti “Coca Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi. “Coca Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlarini yuqori baholadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, «BMT-ayollar» tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. BMT delegatsiyasi shu kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumi dasturi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tenglik masalalari bo‘yicha yetakchi instituti rahbari Prezidentimizga Bosh kotib Antoniu Guterrishning…

Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga

Hurmatli Forum qatnashchilari!  Xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg‘in qutlash hamda o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan g‘oyat baxtiyorman. Ushbu tashabbusimizni faol qo‘llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Xitoy delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga XXR Raisi Si Szinpin va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanning samimiy salomi va eng ezgu…

Geologiyadagi muhim yo‘nalish ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini ta’minlash uchun energetikaning barcha yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. Jumladan, muayyan tarmoqlarda ko‘mirdan foydalanish qo‘l keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizdagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi. Bu imkoniyat ishga solinib, ko‘mir qazib olish hajmi izchil oshirib kelinmoqda. Xususan,…

O‘n beshta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Davlatimiz rahbari bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi chog‘ida topshiriq bergan edi. So‘nggi yillarda bu soha juda tez rivojlanib, mutaxassislar va xizmatlar ko‘payib bormoqda. Xususan, 2017-yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa,…

Mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bandlik va aholi daromadini oshirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Yangi-yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, barcha hududlarda Sayxunobod tajribasi…

Investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha vazifalar ijrosi va kelgusi rejalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va kelgusi rejalar yuzasidan hisobot berildi. Rossiya, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari va investitsiya dasturlariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Rossiya…

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga uchragan, 2 million gektarga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim o‘zgarishi sababli 2030-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini aytmoqda. Buning…

Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda ko‘plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.…