Prezident o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi. Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi. Bu yil ham Haj…

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor investitsiya loyihalarining borishini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi. Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari «ACWA Power» bilan samarali sheriklik olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ushbu kompaniyaning mamlakatimiz energetika tarmog‘ini «yashil»…

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni…

Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko‘proq ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo‘naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir…

Prezident ipakchilik korxonasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “G‘ijduvon ipak tola” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda bu tarmoqda ham klaster tizimi joriy etildi. Jumladan, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug‘chilik korxonasi tashkil qilindi. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaydi. Bularning natijasida pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko‘paydi. “G‘ijduvon ipak tola”da…

Odamlarga munosib sharoit yaratib, ishli qilish – strategik vazifa

G‘ijduvon tumanida 1-iyun kuni Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining boshida hududdagi o‘zgarishlarni qayd etdi. So‘nggi yillarda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshgan, aholi jon boshiga 26 million so‘mga yetgan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 4 ming 600 ta korxona tashkil etilib, 90 mingta…

Prezident namunaviy yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida ta’mirlangan avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi. Buxoro viloyatida 15 ming 400 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 486 kilometri xalqaro ahamiyatga ega. Ularda kuniga o‘rtacha 45-50 mingta transport vositalari harakatlanadi. Shu yil 29-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu sohaga alohida to‘xtalib, yo‘llarni sifatli qurish, ko‘chalar bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish…

Sanoat hududi yonida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Hududda ilgari bunchalik keng ko‘lamli qurilish bo‘lmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 13-avgustdagi qaroriga muvofiq “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan keyin sanoat jadal sur’atga kirdi. Undagi zavodlarda kelgusida minglab odamlar ish bilan ta’minlanadi. Qolaversa, yurtimizning boshqa hududlaridan ham mutaxassislar kelib ishlaydi. Ularga qulaylik, oilalariga munosib…

Buxoroda yirik majmualar qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi ulkan loyihalarga asos bo‘lishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu gal ham shunday bo‘ldi – Buxoro viloyatida yirik energetika va transport majmualarining qurilishi boshlandi. Mamlakatimizda so‘nggi 5 yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,4 barobarga ko‘payib, birgina o‘tgan yilda 553 trillion so‘mni tashkil etdi. Buxoroda esa bu ko‘rsatkich 1,6 barobarga oshib, 30 trillion so‘mga…

Shavkat Mirziyoyev buxorolik faollar bilan suhbatlashdi

Davlatimiz rahbari Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi. Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Zamonaviy maktab va institutlar tashkil etilib, bolalar ta’lim-tarbiyasiga imkoniyatlar kengaymoqda. Aholining salomatligi doimiy nazoratda. Iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar natijasida tumanlarga sanoat kirib borayapti, mahallalar obod bo‘lmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan. Sayxunobod tajribasi asosida…