O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan madaniy almashinuv yanada kengayishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi. Uchrashuv avvalida Adil Karimli davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish…

Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu qutlug‘ ayyomni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalari hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga…

Tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Energetika tarmog‘ini rivojlantirish va barqaror faoliyatini ta’minlash, energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini ko‘paytirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu bilan birga, energiya resurslaridan oqilona foydalanmasdan,  tarmoq va hududlarda, ham ijtimoiy,…

Xorijiy hamkorlar bilan investitsiyaviy sheriklik doirasidagi ishlar holati va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbarining o‘tgan hafta Turkiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi doirasida ko‘plab kelishuvlarga erishildi. Jumladan, O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha 10,1 milliard dollarga teng 158…

Toshkentda yana bir suv sporti saroyi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. E’tiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan. 50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish…

Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi. Bu markaz O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan. Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat…

Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi. Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar. Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Prezidentlar ilk bor yetakchi…

Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi. – Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir.…

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari samarali muzokaralar natijalaridan nihoyatda mamnunligini bildirdilar

Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida turkiyalik hamkasbiga taklif va Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan…