Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, oʻz bilimi, isteʼdodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi. Davlatimiz rahbari yurtimiz yoshlarining har birida katta salohiyat,…




