QASHQADARYO VILOYATIDAGI 4 TA TUMAN HOKIMLIKLARI QABUL QILGAN QARORLARI VA BOSHQA HUJJATLARDA “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARIGA ZID HOLATLAR ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida viloyat tuman hokimliklari va davlat boshqaruv organlarining viloyat tarkibiy bo‘linmalarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tuman hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan:

tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeini e’tirof etishning yangi mezonlari joriy etilganligi, shuningdek, raqamli platforma operatorining ustun mavqeini aniqlash va e’tirof etish tartibi; 🔘 Raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini…

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan e’tirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda. O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib…

Raqobat qo‘mitasining takliflari asosida kupe tipidagi vagonlarning havo sovutish tizimi uchun to‘lov undirilmasdan chipta narxidan chegirilgan holatda qo‘llanmoqda

Muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida (https://t.me/RaqobatGovUz/8953) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi temir yo‘l kassalaridan bilet sotib olingan vaqtda sovutish tizimi (kondisioner) xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan vaqtingizda sovutish tizimi (kondisioner) ishlamaganligidan norozi…

Gugurt ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan savdo tarmoqlarida sifatsiz gugurt mahsulotlari sotilayotganligi yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga asosan nazorat xaridlari tashkil etildi. Tadbir davomida “AVION”, “JEEP”, “FESKO”, “GUGURT” va “VIKTORY” savdo belgisi ostidagi gugurt mahsulotlaridan namunalar sotib olindi va sinovdan o‘tkazish uchun “O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK laboratoriyasiga taqdim etildi. Sinov natijalariga ko‘ra, “Up…

Laboratoriya sinovlari 8 ta oziq-ovqat mahsulotini amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda boshlangan yangi loyihaga asosan nazorat xaridi tashkil etildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad sifatsiz mahsulotlardan iste’molchilarni himoya qilish, mahsulotlar sifatini nazorat qilish, iste’molga yaroqsiz hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermaydigan mahsulotlar aylanmasining oldini olishdir. Nazorat xaridi uchun Toshkent…

RAQOBAT QO‘MITASI QARORINING QONUNIYLIGI SUD TARTIBIDA O‘Z TASDIG‘INI TOPDI

“TO‘RAQO‘RG‘ON NEFT BAZASI” MCHJ tomonidan: dizel yoqilg‘isini 5 400 so‘mdan yetkazib berilishi lozim bo‘lsada, haqiqatda narx (tarif)larni oshirib qo‘llanilishi natijasida fermer xo‘jaliklaridan jami 2 752,1 mln so‘m; birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga sotish orqali 826,5 mln so‘m asossiz mablag‘ olinganligi aniqlangan. Mazkur holat Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, “O‘ZBEKNEFTGAZ”…

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARIGA KAFOLATLANMASDAN KO‘RSATILGAN TIBBIY XIZMATLAR YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida respublikamiz miqyosida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holatini tahlil qilindi. Jumladan, Navoiy viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tibbiyot muassasalarida (Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Vagus” MCHJga tegishli tibbiyot markazi) 2023-2024-yil mobaynida tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash…

RAQOBAT QO‘MITASI QARORINING QONUNIYLIGI SUD TARTIBIDA O‘Z TASDIG‘INI TOPDI

“TO‘RAQO‘RG‘ON NEFT BAZASI” MCHJ tomonidan: dizel yoqilg‘isini 5 400 so‘mdan yetkazib berilishi lozim bo‘lsada, haqiqatda narx (tarif)larni oshirib qo‘llanilishi natijasida fermer xo‘jaliklaridan jami 2 752,1 mln so‘m; birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga sotish orqali 826,5 mln so‘m asossiz mablag‘ olinganligi aniqlangan. Mazkur holat Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ…

«Knauf»ni ustun mavqei e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorida tahlil o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, “Knauf Gips Buxoro” MCHJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi munosabati bilan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb e’tirof etildi.