QASHQADARYO VILOYATI KO‘KDALA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN TENDER SAVDOLARI BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi amalga oshirgan tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2 ta 110 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan quyosh stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha tender savdolariga taqdim…

AKFA UNIVERSITETIGA QONUN BUZILISH HOLATINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobat qo‘mitasiga AKFA universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yo‘nalishida bir yil o‘qigan va keyingi yildan ushbu yo‘nalishda o‘qish to‘xtatib qo‘yilganligi, to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi to‘g‘risida 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2022-yil 10-yanvarda turli OAVda AKFA universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilgan hamda reklamalarda…

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz”  shiori ostida

Qo‘mita markaziy apparati va Qo‘mita huzuridagi “Raqamli texnologiyalar va autsorsing markazi” DUK hamda Raqobat va iste’molchilar siyosati tadqiqotlari markazi xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbir avvalida Qo‘mita rahbariyati barchani bayram bilan tabrikladi.

QO‘MITA KO‘RSATMASI BILAN ISSIQLIK MANBAI TOMONIDAN 4 MLRD SO‘MDAN ORTIQ ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy iste’molchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlarda isitish mavsumi davomida ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (ta’minot uzilishi) sodir bo‘lgan vaqtlarda…

AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARI BILAN TA’MINLASH HOLATI SAMARQAND VA QASHQADARYO VILOYATLARI MISOLIDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Samarqand viloyati Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining iste’molchilarga gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “UNIVERSALBANK” ATBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Universalbank” ATB tomonidan e’lon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi. Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning shartlariga ko‘ra, omonatning muddati 18 oy bo‘lib, yillik foiz stavkasi…

DORI VOSITALARIGA BELGILANGAN REFERENT NARXLARNI OSHIRISH HOLATLARI ANIQLANDI

Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJga NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring o‘tkazilmoqda. Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “IPAK YO‘LI” AITBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borayotganligi jamoatchiligimizga ma’lum.  Xususan, Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Ipak Yo‘li” AITB tomonidan e’lon qilingan “Universal” va “Milliy” nomli omonat turlari reklamasida “Universal” omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 22 foiz,…

“And Zamin Tea” MCHJ insofsiz raqobat uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024-yil 9-avgustda “Max-Tea” MCHJning murojaati asosida faoliyati choy mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi “Max-Tea” va “And Zamin Tea” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘rtasidagi tovar belgisi bilan bog‘liq bo‘lgan nizoni ko‘rib chiqdi. Xususan, mazkur ishda choy ishlab chiqaruvchi “And Zamin Tea” MCHJ o‘zining ikki turdagi mahsulotlarini…