O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif davomida joriy yil 28-maydagi saylovda Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari – davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va…

O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi. Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 3-iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.-

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa Kengashi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqildi. Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz…

O‘zbekiston Prezidenti «Markaziy Osiyo – YI» sammitiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy…

Qirg‘izistonga tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi. Bugun davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevтCho‘lponota shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Nurmuhammad Amannepesov ham qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Navbatdagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi yetakchilar uchrashuvining barcha ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti hurmatli Sadir Nurg‘ojoyevich Japarovga sammit a’lo darajada tashkil etilgani hamda mintaqamizning eng xushmanzara maskanlaridan biri – Cho‘lponota shahrida ko‘rsatilayotgan har doimgidek iliq, samimiy mehmondo‘stlik uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel janoblariga ham…

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan keng ko‘lamli sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida tashqi…