Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy…











