Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga

Hurmatli tibbiyot xodimlari! Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Biz Yangi O‘zbekistonda inson qadri va manfaatlarini ta’minlashni o‘z oldimizga ezgu maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bu yo‘lda xalqimiz salomatligini mustahkamlash eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lishi tabiiydir. Ayni shu maqsadda…

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash…

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar

O‘zbekiston-Italiya sammiti dasturi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Serjo Mattarella daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar. “Ko‘ksaroy” qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida davlat rahbarlari birgalikda archa ekdilar. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari mustahkamlanib, O‘zbekiston va Italiyaning ko‘p qirrali hamkorligi va strategik sherikligi kengayib borayotganining ramzi bo‘ladi.

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Davlat rahbarlari huzurida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitim hamda ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlar…

Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

10-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar. Harbiy orkestr ikki davlat…

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va hosildorlikni oshirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyodagi bugungi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar iqtisodiyotda o‘z aksini topmay qolmaydi. Jumladan, bu omillar oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy ta’sir qildi. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga…

Italiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella 9-11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. O‘zbekiston Prezidentining joriy yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi…

O‘zbekiston Prezidenti raisligida IHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi

9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston Prezidenti…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib! Anjuman ishtirokchilari! Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman. O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishimizning yaqqol dalilidir. Bugun ko‘z o‘ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir…