O‘zbekiston Prezidenti Misr yetakchisini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqotda uni Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari do‘st Misr xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani qayd etildi. O‘zbekiston-Misr keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada…