“UMRA” TADBIRLARI REKLAMASIDAN OGOH BO‘LING

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakolati doirasida “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini reklama qilinishining (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, guruh va kanallarda joylashtirilgan axborotlarning) qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda. Ma’lumki, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli hamda…

«Raqamli raqobat va sun’iy intellektni tartibga solish mexanizmlari» bo‘yicha trening yakuni

Bugun German Sparkassenstiftung for International Cooperation bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Raqamli raqobat va sun’iy intellektni tartibga solish mexanizmlari» mavzusidagi ikki kunlik trening yakunlandi. Trening oxirgi ikkita sessiya bilan yakunlandi: «Monopoliyaga qarshi tartibga solish va sun’iy intellekt» «Raqamli tartibga solish sohasidagi hamkorlik» (turli tartibga solish mexanizmlariga ega raqamli va sun’iy intellekt bozorlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, shu…

INSOFSIZ RAQOBAT HOLATLARI YUZASIDAN “MUSTANG LIDER FREE” MCHJga NISBATAN TEGISHLI TA’SIR CHORASI KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” (Rossiya) AJning iste’molchilarni chalg‘itish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “MUSTANG LIDER FREE” MCHJ tomonidan “Pishevaya soda” iste’mol sodasi mahsulotini qadoqlanishida avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Bashkirskaya sodovaya kompaniya” AJning «Soda pishevaya” mahsulotining qadoqlanishi tashqi bezatilishi va…

“VODIY SANOAT FAXRI” MCHJga NISBATAN MANIPULYASIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan. Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida, “VODIY SANOAT FAXRI” MCHJ tomonidan 2023-yil avgust-dekabr va 2024-yil fevral oyida 56-holatda 2…

BOSHLANG‘ICH NARXI 29,7 mlrd SO‘MLIK DAVLAT XARIDLARIDA QONUN BUZILISHIGA YO‘L QO‘YGAN URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA NISBATAN TEGISHLI CHORA KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirig‘iga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi yuzasidan o‘rganish ishlarini o‘tkazdi. O‘rganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada…

SAMARQAND VILOYATIDA BIR NECHA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMALAR QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxona: “XURSHEDA GRAND” OKga tegishli “Vazira Hotel”; “DIPLOMAT PREMIUM” OKga tegishli “Diplomat Premium Hotel” mehmonxonalari tomonidan reklama va bronlash (booking,com) platformasiga…

«Raqamli raqobat va sun’iy intellektni tartibga solish mexanizmlari» bo‘yicha trening

Raqobat qo‘mitasi tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan bugungi kunda har tomonlama islohotlar olib borilmoqda. Raqobat qo‘mitasida Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Qo‘mita mutaxassislari uchun «Raqobat va sun’iy intellektni raqamli tartibga solish mexanizmlari» mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminar boshlandi. Ushbu trening ishtirokchilarning raqamli va sun’iy intellektga asoslangan bozorlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini…

ISTE’MOLCHILARNING ALOQA XIZMATLARI BO‘YICHA MUROJAATLARI HUDUDLAR KESIMIDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga respublika bo‘ylab iste’molchilar tomonidan “O‘ZBEKTELEKOM” AK (UZMOBILE), “COSCOM” MCHJ (UCELL), “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” MCHJ (MOBIUZ), “UNITEL” MCHJ (BEELINE) va “HUMANS” MCHJ aloqa kompaniyalari tomonidan belgilangan tariflardagi tushunmovchiliklar, aloqa va internet xizmatlarining sifatsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha to‘lovlar olinishiga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Qo‘mita mazkur murojaatlarni mobil aloqa…

QONUNBUZILISHGA YO‘L QO‘YGAN “TOZA HUDUD” DUGGA 100 MINGDAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARGA QAYTA HISOB-KITOB QILISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasining 2023 va 2024-yilning 1-yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. O‘rganish va tahlillarda mazkur “Toza hudud” DUKning tuman-shahar filiallari tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatining MFY kesimida belgilangan jadval asosida…

Raqobat qo‘mitasi vakillari hamda Sparkassenstiftung for International Cooperation mintaqaviy loyihalar boshlig‘i Inka Ryuk honim bilan uchrashuv

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri janob Olaf Sholsning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi hamda davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Raqobat qo‘mitasining Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti vakillari bilan bugungi uchrashuvida ham bu o‘z ifodasini topdi. Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning butun davrida…