Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Tadbir davomida Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tadbirda Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xaitmetov so‘zga chiqib, iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Raqobat qo‘mitasiga 2024 yil davomida iste’molchilardan jami 30 070 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste’molchilarga…