Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo, gaz ta’minoti va bank xizmatlar bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati misolida
Urganch tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro U.Q gaz ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rnatilgan elektron tabiiy gazni hisobga olish uskunasi ta’minotchi korxonaning hisob-kitob dasturlar bazasiga kiritilmasdan qolganligi sababli asossiz hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, iste’molchiga hisoblangan 1 033 220 so‘mlik noreal qarzdorlik qayta hisob-kitob qilishga erishildi.
Farg‘ona viloyati misolida
Fuqaro Sh.M “HAMROH SAVDO DO‘KONLAR TARMOG‘I” Qo‘qon shahri filialidan muddatli to‘lov evaziga mahsulot xarid qilganligi, barcha qarzdorliklarni to‘laganligiga qaramasdan iste’molchining plastik kartasidan to‘lab bo‘lgan qarzdorlik uchun 1 500 000 so‘mga yaqin pul mablag‘lari ushlab qolinganligidan yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan hamda iste’molchiga pullari qaytarilishi ta’minlangan.
Buxoro viloyati misolida
Fuqaro Sh.T istiqomat qilayotgan uyda “Issiqlik Manbai” DUK tomonidan issiqlik energiya ta’minoti tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Natijada “Issiqlik Manbai” DUK tomonidan fuqaro Sh.Tursunovga asossiz hisoblangan 1,144 mln.so‘m pul to‘lovlari qayta hisob kitob qilinib, qarzdorlik bartaraf etildi.
Jizzax viloyati misolida
Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro H.A. “UZUM NASIYA” elektron platformasi bilan 564,0 ming so‘mga shartnoma tuzganligi, ammo yetib kelgan mahsulotlar iste’molchi talabiga javob bermaganligi sababli ularni qabul qilib olmasada, “UZUM NASIYA” elektron platformasi orqali o‘tkazib berilgan pul mablag‘larini qaytarish yuzasidan noroziligini bildirib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tuzilgan shartnoma bekor qilinib, murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi.
Toshkent viloyati misolida
Fuqaroning gaz ta’minoti tomondan hisoblangan 58 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari asosliligi bo‘yicha o‘rganib berishni so‘rab hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma o‘rganishi natijasida, gaz ta’minoti tomonidan murojaatchining qarzdorligi qayta-hisob kitob qilinib, 9 000 000 so‘m etib belgilandi. Fuqaro tomonidan qarzdorlik to‘lanib, xonadon gaz tarmog‘iga ulandi.
Namangan viloyati misolida
Chust tumanida yashovchi fuqaro “Agrobank” tomonidan plastik kartasidan kredit uchun ortiqcha 4.500.000 so‘m mablag‘ yechib olinganligidan norozi bo‘lib, mablag‘ni qaytarilishida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma tomonidan murojaatni o‘rganish natijasida “Agrobank” tomonidan fuqaroga asossiz yechib olingan pul mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.