Ayni vaqtda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazida tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir hamkori – German Sparkassentiftung for International Cooperation.
Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev ochib berdi. O‘z nutqida u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Ushbu tadbir iste’molchilar huquqlarini mustahkamlash va adolatli hamda barqaror iste’mol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir.