Tadbir davomida Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirda Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xaitmetov so‘zga chiqib, iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Raqobat qo‘mitasiga 2024 yil davomida iste’molchilardan jami 30 070 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste’molchilarga 32,9 mlrd so‘m miqdorda yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilingan. Shu bilan birga, savdo sohasida iste’molchilarga 426 ta holatda 3,08 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi mahsulotlar almashtirib yoki qaytarib berilgan.
German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘yicha rahbar L.Grauberger xalqaro masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Qo‘mita va German Sparkassenstiftung for International Cooperation o‘rtasida uzoq yillardan buyon samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu hamkorlik doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida bir qator muhim loyihalar amalga oshirildi.