NAVOIYDA TAOMNOMANI DAVLAT TILIDA TAQDIM ETMAGAN UMUMIY OVQATLANISH KORXONASIGA TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI
Fuqaro E.N. Navoiy shahrida joylashgan “NAVOIY-SAXOVAT MANZILI” MCHJga tegishli umumiy ovqatlanish maskanida iste’molchilar huquqlarini cheklash holatlari mavjudligi sababli tegishli chora ko‘rish yuzasidan Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida iste’molchilar uchun jamiyatning to‘liq nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod,…