15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
FARG‘ONA VILOYATI
Farg‘ona davlat universitetida o‘qituvchi va talabalar uchun o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Tashqi texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
SAMARQAND VILOYATI
Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan seminarda talabalarga sifatsiz mahsulotlarni aniqlash, iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni aniqlash va bu borada tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
QASHQADARYO VILOYATI
«HUDUDGAZ QASHQADARYO» gaz ta’minoti filiali xodimlari uchun “Iste’molchilar huquqlari ustuvorligi kafolatlanadi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbir davomida iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha tushuncha berildi.
Barcha fuqarolarni iste’molchilik madaniyatini oshirishga va o‘z huquqlarini bilishga chorlaymiz!