Raqobat qo‘mitasida inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining departament boshlig‘i A.Eranov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Unda davlat organlarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda malakali kadrlarni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan “Davlat organlarida inson resurslarini rejalashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, ushbu yo‘nalishdagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzularida fikr-mulohazalar almashilib, so‘rovnomalar ham o‘tkazildi.
Hamda Agentlik xodimi N.Kutlimuratova tomonidan hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.