REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN BIR NECHA BANKLAR VA MIKROMOLIYA TASHKILOTIGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib bormoqda. Jumladan, o‘tkazilgan monitoringlar davomida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan “TENGE BANK” ATB; “AGROBANK” ATB; “IPOTEKA XIZMATI…

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi

Ayol kishi – jamiyat taraqqiyotining muhim timsolidir. O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘mitada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar taqdirlandi. Qo‘mita raisi H.Turaxujayev o‘z tabrik nutqida ayollarning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi…

QAYTA QONUNBUZILISHGA YO‘L QO‘YGAN “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ RAHBARI JAVOBGARLIKKA TORTILDI

Avval xabar berilganidek, Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan! “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atib, natijada moliyaviy jarima qo‘llanilgandi. Biroq, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ rahbariga berilgan ko‘rsatma ijrosi ta’minlanmagan va ushbu reklamalar berilishi davom etganligi holati aniqlangan. Yuqoridagi holat…

Qo‘mita huzuridagi Tadqiqotlar markazi va Tashkent international university o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Uchrashuv davomida, tomonlar ilmiy sohada salohiyatni oshirish, masofaviy formatda malaka oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish xamda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar. Memorandumning imzolanishi ilmiy doiralar va davlat organlari o‘rtasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini…

TIBBIYOT MUASSASALARIGA RЕKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TЕGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat olib borayotgan xususiy tibbiy maskanlarning faoliyatlari bo‘yicha targ‘ibot qilinayotgan e’lonlarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan 20 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “MALXAM-FAYZ-DILXUSH” XKga qarashli “SAXOVAT” klinika binosining old qismida joylashtirilgan reklama axborotidagi ma’lumotlarda “Reklama…

Qo‘mita olib borgan o‘rganishlar natijasida «Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan bo‘ldi

Havo transportida xavfsizlik qoidalari hamda maʼlumotlar barcha yoʼlovchilar uchun aniq va tushunarli berilishi muhim. Uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi maʼlumotlar xorijiy tilda berilishi yoʼlovchilarni tushunmovchilik va yoki qiyinchilikka olib kelishi mumkin. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi R.Kusherbaevning “Samarqand-Аbu-Dabi” yoʼnalishi bilan “Wizzair” aviakompaniyasi tomonidan koʼrsatilgan xizmatlardan foydalanganda aynan shunday muammoga duch kelgani yuzasidan…

“Mo‘tabar ayol” – fidokor ayollarga munosib e’tirof!

Bugun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuksak mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik ko‘rsatgan, oilaning farovonligi, onalik va bolalik muhofazasiga ulkan hissa qo‘shgan 331 nafar fidoyi ayollarga topshirildi. Joriy yilda Respublika komissiyasiga taqdim etilgan nomzodlar orasidan turli sohalardagi yetakchi va tashabbuskor ayollar saralab olindi. Quvonarlisi, e’tirof etilganlar orasida Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo…

ISTЕ’MOLCHILARNING AVTOMOBIL SOHASIDAGI MUROJAATLARI IJOBIY HAL QILINMOQDA

Qo‘mitaga avtomobillar xaridi va ularning texnik holatiga doir muammolar yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqda. Jumladan: Buxoro viloyatida fuqaro B.F. “Kia Sonet” avtomashinasida kafolat muddati davomida nuqsonlar paydo bo‘lgani sababli, ularni bartaraf etish bo‘yicha bir necha marotaba servis xizmatiga murojaat qilgan, ammo muammo hal etilmagan. Qo‘mita hududiy boshqarmasi tomonidan…

RЕKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN 30 dan ORTIQ KORXONAGA TЕGISHLI TA’SIR CHORALARI QO‘LLANILDI

  Raqobat qo‘mitasining Toshkent shaxar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi. Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, misol uchun: “COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD” MCHJ XK,…

BRIFING

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoni mazmun-mohiyati AOKAda Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sardorbek Atamurotov ishtirokida shu mavzuda bo‘lib o‘tgan brifing yuzasidan batafsil ma’lumot: Farmon bilan eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llaniladigan talablar belgilandi. Ushbu tartibning belgilanishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar…