Havo transportida xavfsizlik qoidalari hamda maʼlumotlar barcha yoʼlovchilar uchun aniq va tushunarli berilishi muhim. Uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi maʼlumotlar xorijiy tilda berilishi yoʼlovchilarni tushunmovchilik va yoki qiyinchilikka olib kelishi mumkin.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi R.Kusherbaevning “Samarqand-Аbu-Dabi” yoʼnalishi bilan “Wizzair” aviakompaniyasi tomonidan koʼrsatilgan xizmatlardan foydalanganda aynan shunday muammoga duch kelgani yuzasidan qoldirgan murojaatini koʼrib chiqdi.
Raqobat qoʼmitasining olib borgan oʼrganishlarida murojaatchining uchish davrida aviakompaniyaning ekipaj aʼzolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida maʼlumot berilgani, bu qoidalarni oʼzbek va rus tillarida tushuntirib berishlari soʼralganida xodim tomonidan unga nisbatan qoʼpol muomalada boʼlingan, bortni tark etishni talab qilingan va shu tarzda fuqaro mazkur reysda Аbu-Dabiga yetib borgani maʼlum boʼldi.
Qoʼmita tomonidan Transport vazirligiga oʼrganishlar yuzasidan soʼrov xati yuborildi. Natijada oʼzboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora koʼrildi. Yoʼl qoʼyilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj aʼzolariga parvozlar xavfsizligini taʼminlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayoʼlovchilarni hurmat qilish boʼyicha trening kurslari yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, aviakompaniya 2025 yilda Oʼzbekistonga xizmat koʼrsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat koʼrsatuvchi personallar oʼzbek tilida faoliyat yuritishini yoʼlga qoʼyilishi taʼminlanadi.