Uchrashuv davomida, tomonlar ilmiy sohada salohiyatni oshirish, masofaviy formatda malaka oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish xamda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Memorandumning imzolanishi ilmiy doiralar va davlat organlari o‘rtasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.