Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib bormoqda.
Jumladan, o‘tkazilgan monitoringlar davomida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan
“TENGE BANK” ATB;
“AGROBANK” ATB;
“IPOTEKA XIZMATI GROUP” MCHJ;
«TASFINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ XKga nisbatan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan ishlar qo‘zg‘atildi.
Qo‘zg‘atilgan ishlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.