Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat olib borayotgan xususiy tibbiy maskanlarning faoliyatlari bo‘yicha targ‘ibot qilinayotgan e’lonlarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan 20 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “MALXAM-FAYZ-DILXUSH” XKga qarashli “SAXOVAT” klinika binosining old qismida joylashtirilgan reklama axborotidagi ma’lumotlarda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi talablari buzilganlik holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, “ZARMAS SHIFO” XKga qarashli “ZARMAS SHIFO MEDICAL CENTER” va “NASAF MED SERVIS” MCHJga qarashli “NASAF MED CENTER” klinikalari oldida o‘rnatilgan tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy joylashtirganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilgan deb topilib, tegishli hujjatlarsiz o‘rnatilgan tashqi reklama obyektini qarorda belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda demontaj qilish majburiyatini yuklatish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Shu bilan bir qatorda, “NASAF MED SERVIS” MCHJ rahbariga nisbatan ma’muriy chora qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar tegishli sudga yuborilib, sudning hal qiluv qarori bilan ma’muriy javobgarlik tayinlandi.
Bu boradagi o‘rganishlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda