Ayol kishi – jamiyat taraqqiyotining muhim timsolidir. O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘mitada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar taqdirlandi.
Qo‘mita raisi H.Turaxujayev o‘z tabrik nutqida ayollarning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi o‘rniga alohida urg‘u berib, ularga mustahkam sog‘liq, baxt va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, bayram munosabati bilan erkaklar jamoasi tomonidan ham samimiy tilaklar va hurmat izhor etildi.