O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoni mazmun-mohiyati
AOKAda Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sardorbek Atamurotov ishtirokida shu mavzuda bo‘lib o‘tgan brifing yuzasidan batafsil ma’lumot:
Farmon bilan eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llaniladigan talablar belgilandi.
Ushbu tartibning belgilanishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar doimiy ravishda o‘rganib boriladi raqobatli bozorni yaratish mumkin bo‘lgan, shuningdek davlat va jamoat manfaatlariga daxl qiladigan sohalardagi eksklyuziv huquqlarni bosqichma-bosqich bekor qilish imkonini beradi.