Avval xabar berilganidek, Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan! “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atib, natijada moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.
Biroq, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ rahbariga berilgan ko‘rsatma ijrosi ta’minlanmagan va ushbu reklamalar berilishi davom etganligi holati aniqlangan.
Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan qayta qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygani uchun “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ rahbariga nisbatan ma’muriy chora qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar tegishli sudga yuborilib, sudning hal qiluv qarori bilan ma’muriy javobgarlik tayinlandi.
Shu o‘rinda ogohlantiramiz! Hurmatli tadbirkorlar, Raqobat qo‘mitasining qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qaror va ko‘rsatmalari ijrosini lozim darajada bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangandan so‘ng davom ettirilsa jinoiy javobgarlikka olib kelishini eslatib o‘tamiz!