O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida bo‘lgan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti davomida, Davlatimiz Rahbari tomonidan Qo‘mita tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish masalasi bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Қўмитанинг бир гуруҳ ходимлари Хитой Халқ Республикасининг Шанхай шаҳридаги Хитой тижорат вазирлигининг Шанхай бизнес мактабида махсус ташкил этилган «Ўзбекистонда монополияга қарши ва товар биржа бозорлари фаолиятини тартибга солиш бўйича» ўқув семинарида малакасини оширади. Ўқув курслари жорий йил 21 августдан 3 сентябргача давом этади.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi: narxlarni sun’iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to‘g‘risida kelishuv; bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qo‘llash Batafsil infografikada Qaror bilan tanishish

Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14-iyun sanasida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi: narxlarni sun’iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to‘g‘risida kelishuv; bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qo‘llash: Batafsil infografikada Qaror bilan tanishish (https://lex.uz/docs/6907023#6909985)

“Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning ilk uchrashuvi davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jumladan, Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Aziz Urunov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari haqida taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev iste’molchilar va birja sohasida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qo‘llab-quvvatlashni ta’kidlab o‘tdi. Infrasia Capital Bosh direktori, investitsiya va…

Ayni damda, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Iqtisodchilar muzokara platformasi”ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvni Raqobat qo‘mitasining raisi Halilillo Turaxujayev kirish so‘zi bilan ochib berib: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti chog‘ida qo‘mita faoliyatini jamoatchilikka ochiqlash va ommaviy axborot vositalarida yoritishni kuchaytirish kerakligi haqida topshiriq berilganligini ma’lum qildi, shuningdek, Qo‘mita huzurida “Iqtisodchilar muzokara platformasi” tashkil etilishining asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Iqtisodchilar muzokara platformasining…

O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari

«O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yaqinda kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara…

RAQOBAT QO‘MITASI REKLAMA QONUNCHILIGI YUZASIDAN BARCHA DAVLAT VA NODAVLAT TELEKANALLARGA KO‘RSATMA XATI YUBORDI

Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yuborildi. Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan. Ushbu ko‘rsatma xati…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi. –…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an’anaviy do‘stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlaringizni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Sizning tashrifimiz arafasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari” dasturiy…