Nazorat xaridlari davomida sifat talablariga javob bermagan 504 nomdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi

Nazorat xaridlari davomida sifat talablariga javob bermagan 504 nomdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi Raqobat qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan xalq iste’mol tovarlarining sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida nazorat xaridlari muntazam o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tekshirilib, ularning davlat standartlari va normativ-texnik hujjatlar…

Oʻzbekiston Prezidenti Belgradga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Sammit yakunlari boʻyicha salmoqli…

Professor Sezar Hidalgo ishtirokida onlayn trening

Professor Sezar Hidalgo ishtirokida onlayn trening Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi German Sparkassenstiftung bilan hamkorlikda Garvard universitetining Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi hammuallifi, professor Sezar Hidalgo ishtirokida onlayn o‘quv trening tashkil etilmoqda. Mavzu: “Mahalliy sanoat salohiyatini mustahkamlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda eksport raqobatbardoshligini oshirish” 9 sentabr, 2026-yil 14:00–16:00 —…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 462-son qaroriga ko‘ra Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Shu bilan birga, davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholashning asosiy mezonlari aniq belgilab qo‘yildi. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida nazarda tutilgan davlat yordamining raqobatga ta’siri quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan…

Davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 462-son qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom bilan “barchaga yoki hechkimga” tamoyili joriy etilib, unga ko‘ra davlat yordamini ajratishda bir xil sharoit va mezonlarga ega bo‘lgan, tovar va moliya bozorida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat yordami alohida tartibda…

Raqobat qo‘mitasi striming, internet va raqamli televideniye xizmatlari platformalarini o‘rganishni boshladi

Raqobat qo‘mitasi striming, internet va raqamli televideniye xizmatlari platformalarini o‘rganishni boshladi Iste’molchilardan telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2026-yilning bugungi kun holatiga ikki barobarga ko‘payib, 1000 dan ortiq murojaatni tashkil etdi. Tahlillarga ko‘ra, ayrim operator va provayderlarning mobil ilovalari hamda veb-saytlarida tariflar va narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari, ommaviy oferta va…

Davlat ishtirokidagi korxonalarning YAIMdagi ulushi 55 foizdan 30 foizgacha qisqardi

#Yangi_O‘zbekiston #iqtibos 🔴 Davlat ishtirokidagi korxonalarning YAIMdagi ulushi 55 foizdan 30 foizgacha qisqardi. Natijada tadbirkorlik subyektlari soni 257,7 mingtadan 474,9 mingtaga — qariyb 85 foiz oshdi. «Raqobatni rivojlantirish – Yangi O‘zbekiston islohotlarining tayanchi» maqolasidan. (https://raqobat.gov.uz/raqobatni-rivojlantirish-yangi-ozbekiston-islohotlarining-tayanchi/)

Raqobat qo‘mitasi: ijtimoiy tarmoqlarda reklama talablariga rioya qiling

Bugungi kunda onlayn, raqamli marketing sohasi rivojlanib xalqimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi axborot manbalariga bo‘lgan qiziqish va kuzatish tobora rivojlanib bormoqda, reklama beruvchilar ham ommabop kanallar(platformalar)ga reklama joylashtirishga tobora ko‘proq intilishmoqda. “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunda reklamani tarqatish, identifikatsiya qilishga oid talablar belgilangan: 🔘har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va…