Bugun Raqobat qo‘mitasida 2024-yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yil davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilindi va bir guruh o‘zining mehnati bilan ajralib turgan Qo‘mita hodimlari taqdirlandi.

Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev xodimlar oldida nutq so‘zlab, ularning mehnati va sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. U o‘z chiqishida Qo‘mita tomonidan erishilgan yutuqlarni ta’kidlab, ijobiy imijni shakllantirish, Ochiqlik indeksida yuqori natijalar nafaqat mamlakatimiz hamda xalqaro maydondagi e’tiroflarga erishilganligini alohida qayd etdi. Bu natijalar Qo‘mita xodimlarining mehnati va xalqimizning, Prezidentimiznig qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanligi alohida e’tirof etildi.…

ELEKTR ENERGIYA YETKAZIB BERISH SOHASIDA ISTE’MOLCHILARNING QONUNIY HUQUQLARINI HIMOYA QILINMOQDA

Raqobat qo‘mitasi elektr energiya yetkazib berish sohasida iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida hududlar kesimida tizimli ishlar olib bormoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati misolida Sirdaryo viloyatida faoliyat olib boruvchi “NEW YORK CENTER CO” MChJ xorijiy korxonasi rahbarining elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxonada energoaudit tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tekshiruv xulosalariga ko‘ra elektr ta’minotidan 370 mln so‘mga…

ICHIMLIK VA OQOVA SUV HIZMATLARIGA OID QONUNBUZILISH XOLATLARI ISTE’MOLCHILAR FOYDASIGA HAL ETILDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamiz miqyosida ichimlik va oqova suviga oid qonunbuzilishi holatlari o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilar huquqlarini himoya qilib kelmoqda. Jumladan, Qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi “Jizzax suv ta’minoti” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilayotganligi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida narxni (tarifni) qo‘llash tartibi buzilishi natijasida 4 ta ulgurji va 573 ta…

QONUNBUZILISH HOLATI YUZASIDAN “TEXNOMART” MChJGA NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. “Texnomart” MChJ telegram kanalida joylashtirilgan “Eng zo‘r taklif” mazmunidagi mobil telefonlar reklamalarida mahsulot narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilganligi aniqlangan. Masalan, VIVO Y03 telefoni uchun 213 167 so‘m oylik to‘lov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274 167 so‘m etib ko‘rsatilgan. Qo‘mita tomonidan boshqa savdo…

ISTE’MOLCHILAR UCHUN ESLATMA!

So‘nggi vaqtlarda Raqobat qo‘mitasiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ko‘paygan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 1700 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Ushbu holatlar yuzasidan respublikadagi 129 ta quruvchi korxonalarning shartnomalari tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi: 80 foiz shartnomada quruvchi korxonalarga qayta hisob-kitob…

QONUNBUZILISH HOLATI YUZASIDAN “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBga nisbatan MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, o‘tkazilgan monitoringlarda Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek internet platformasida “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi ma’lumotlarda qarz shartlari to‘liq va aniq ko‘rsatilmagan. Jumladan, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “Ot 17% godovix, ipoteka na kvartiru v novostroyke” kabi…

Qo‘mita tomonidan 2024-yil davomida avtomobillar bilan bog‘liq mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Hududlar kesimida murojaatlardan ayrim misollar Xorazm viloyati Hududiy boshqarmaga Yangiariq tumanida yashovchi S.M.ning o‘z turmush o‘rtog‘i nomiga “Avto-Layner Xorazm” MChJ bilan shartnoma bo‘yicha “Gentra” rusumli…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talablari uchun moliyaviy savodxonlikka qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti talabalari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarda, moliyaviy savodxonlik to‘g‘risidagi asosiy qoidalari bo‘lgan daromad va xarajatlarni rejalash, mablag‘ni jamg‘arish, qarzni aql bilan olish, taqqoslash va tahlil qilish, daromad va xarajatlarni rejalashtirish, mablag‘larni jamg‘arish hamda bank kreditlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

7,2 MLRD SO‘MLIK TENDYER SAVDOLARI IXTIYORIY RAVIShDA BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamizning hududlar kesimida (Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan,Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda. Jumladan, Buxoro viloyati misolida Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik; Farg‘ona viloyati misolida Quva tuman…

Korrupsiyaga qarshi komplayens mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2024-yil uchun tasdiqlangan ichki audit yillik rejasiga asosan joriy yilning 10-dekabr kunidan boshlab Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatini kompleks o‘rganish, amaliy ko‘mak berish va ish faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy boshqarmaning faoliyati o‘rganilmoqda. Shu bilan bir qatorda Qo‘mitaning Ichki audit, korrupsiyaga qarshi…