Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev xodimlar oldida nutq so‘zlab, ularning mehnati va sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. U o‘z chiqishida Qo‘mita tomonidan erishilgan yutuqlarni ta’kidlab, ijobiy imijni shakllantirish, Ochiqlik indeksida yuqori natijalar nafaqat mamlakatimiz hamda xalqaro maydondagi e’tiroflarga erishilganligini alohida qayd etdi.
Bu natijalar Qo‘mita xodimlarining mehnati va xalqimizning, Prezidentimiznig qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanligi alohida e’tirof etildi.
Qo‘mita raisi barchani yangi yil bilan samimiy qutlab, kelgusi yilda ham katta muvaffaqiyatlarga erishishga ishonch bildirdi.