Raqobat qo‘mitasi respublikamiz miqyosida ichimlik va oqova suviga oid qonunbuzilishi holatlari o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilar huquqlarini himoya qilib kelmoqda.
Jumladan, Qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi “Jizzax suv ta’minoti” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilayotganligi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida narxni (tarifni) qo‘llash tartibi buzilishi natijasida 4 ta ulgurji va 573 ta aholi iste’molchilarga ichimlik suvi yetkazib berish hizmati bo‘yicha 151,1 mln so‘m va oqova suv hizmati bo‘yicha 17,6 mln so‘m, jami 168,8 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlandi.
To‘plangan ma’lumotlar asosida hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib “Jizzax suv ta’minoti” AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilib 4 ta ulgurji va 573 ta aholi iste’molchilarga jami 168,8 mln so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.