Bugun Raqobat qo‘mitasida 2024-yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yil davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilindi va bir guruh o‘zining mehnati bilan ajralib turgan Qo‘mita hodimlari taqdirlandi.
Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev xodimlar oldida nutq so‘zlab, ularning mehnati va sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. U o‘z chiqishida Qo‘mita tomonidan erishilgan yutuqlarni ta’kidlab, ijobiy imijni shakllantirish, Ochiqlik indeksida yuqori natijalar nafaqat mamlakatimiz hamda xalqaro maydondagi e’tiroflarga erishilganligini alohida qayd etdi. Bu natijalar Qo‘mita xodimlarining mehnati va xalqimizning, Prezidentimiznig qo‘llab-quvvatlovi samarasi ekanligi alohida e’tirof etildi.…