#Yoshlar_kuni
Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining kitobxon xodimi” tanlovi boʻlib oʻtdi.
Haftaning payshanbasi — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan tanlovda Qo‘mitaning eng kitobsevar xodimlari ishtirok etdi. Nizomga muvofiq, Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan asar doirasida tuzilgan test savollariga javob berishdi.
Tanlov natijalarga koʻra, Raqobat muhitiga qonunchilik hujjatlarining hamda davlat yordamining ta’sirini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi Xasanov Nodirbek eng yuqori ball toʻplab, tanlov gʻolibi deb topildi. Nizomga muvofiq, gʻolib bir oylik lavozim maoshi miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan ragʻbatlantirildi.
Mazkur tanlov Qo‘mita xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlikni keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.










