So‘nggi yillarda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobsevarlarni ko‘paytirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilari Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan asar yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov natijalarga ko‘ra, Xasanov Nodirbek Muxtorjon o‘g‘li “Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” deb topildi hamda esdalik sovg‘a (statuetka) va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Kelgusida ham yoshlar orasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazib borish belgilab olindi.











