27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida viloyat hududiy boshqarmalarining matbuot xizmatiga mas’ul xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
👫 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi mas’ul xodimi D. Qurbonova tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan fikr erkinligi, axborot olish huquqi, davlat organlarining ochiqligi va OAV erkinligiga doir muhim masalalar atroflicha ma’lumotlar berildi.
☁️ Shuningdek, Qo‘mita raisining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi O.Usmonov tomonidan “Davlat organlarining OAV xodimlari va blogerlar bilan hamkorlikda huquqiy normalarga rioya etishning dolzarbligi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
📈 Taqdimotda davlat organlarining jurnalistlar va blogerlar bilan samarali hamkorlik qilish mexanizmlari, axborot so‘rovlarini qabul qilish va ularga javob berish muddatlari, rad etish asoslari, shuningdek aholi va ommaviy axborot vositalariga tezkor hamda ishonchli axborot taqdim etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
⚡️ Bundan tashqari, Raqobat qo‘mitasi rasmiy veb-saytlari va axborot resurslarini muntazam yangilab borish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar ham bildirildi.
O‘quv seminar ishtirokchilari sohadagi zamonaviy yondashuvlar va axborot siyosatiga oid dolzarb bilimlarini yanada mustahkamladilar.








