27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Yangi O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyoti, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalq bilan davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik sifatida jamoatchilikka ishonchli ma’lumot yetkazib, ularning faolligini oshirishda siz, aziz jurnalist, muharrir, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillarining xizmatlari chuqur hurmat va ehtiromga munosibdir.
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi barchangizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Bugungi kunda Sizning televideniye, radio, bosma va elektron nashrlarda yangi loyihalar asosida iste’molchilik madaniyatini shakllantirish, monopoliya hamda insofsiz raqobat holatlariga qarshi kurashish kabi dolzarb mavzularda, shuningdek, Raqobat qo‘mitasi faoliyati yuzasidan yoritgan ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalaringiz jamiyatda shaffoflik, xolislik va ochiqlik mezonlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlariga, yurtimizdagi barcha ijod ahliga mazkur sana munosabati bilan chuqur minnatdorlik bildirib, barchangizni bayram bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ijodiy ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
“Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi ma’naviy jasorat egalarigina qodir bo‘ladi.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev








