Bugun 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjatlarda va ba’zi binolarda tasvirlanadi.
Bugun davlatimiz gerbi qabul qilinganligiga 34 yil to‘ldi.
Barcha yurtdoshlarimizni mazkur sana munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!








