Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi profilaktik davra suhbati o‘tkazildi
Raqobat qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida nazorat va profilaktik tadbirlar doimiy tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida tashkil etildi.
Qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi komplayens va ichki nazorat bo‘limi, Ichki audit xizmati hamda Yuridik ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida hududiy boshqarma rahbar va xodimlari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonunchilik, mas’uliyat va amaliyot» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilimi va korrupsiyaga qarshi malakasini oshirish hamda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbatida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➡️ korrupsiyaviy holatlarning oldini olish;
➡️ davlat xizmatchilari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish;
➡️ xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish;
➡️ manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash va unga yo‘l qo‘ymaslik;
➡️ jamoada halollik va korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish.
Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari hamda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan shaxsning pushaymonligi va oqibatlarini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etildi.








