Raqobat qo‘mitasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi

#Yoshlar_kuni Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  “Raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining kitobxon xodimi” tanlovi boʻlib oʻtdi. Haftaning payshanbasi — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan tanlovda Qo‘mitaning eng kitobsevar xodimlari ishtirok etdi. Nizomga muvofiq, Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan…

“ANOR BANK” AJga REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida “ANOR BANK” AJ tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan reklama axboroti o‘rganildi. Xususan, mazkur murojaatda bank tomonidan aksiya doirasida e’lon qilingan axborotlarda aksiya shartlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilmaganligiga e’tiroz bildirildi. O‘rganishlarda reklamada moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda shartnomaning muhim shartlaridan biri — aksiyaning amal qilish shartlari, unga qo‘llanilgan…