GO‘ZALLIK O‘RNIGA KUYISH. MIJOZ SOCHINI BO‘YATAMAN DEB KUYIB QOLDI.
Aksariyat insonlar xursandchilik va yangilangan ko‘rinishga erishish umidi bilan go‘zallik saloni xizmatlaridan foydalanadi. Biroq ba’zi salonlar tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni talab darajasida deb bo‘lmaydi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ushbu yo‘nalishda mijozlarga o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli xizmat ko‘rsatilmayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan, Toshkentdagi “BEAUTY ZOHAB” go‘zallik saloni xodimining mas’uliyatsizligi…