Raqobat qo‘mitasi, uning hududiy organlari va “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ekologik sharoitni yaratish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida har bir xodim 4 tupdan daraxtlarni ekib, mazkur xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Jumladan, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Qo‘mitaga ajratilgan hududda 200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bugungi kunda ushbu hududdagi Qo‘mita bog‘ida 5 ming tupdan ortiq daraxtlar mavjud.
Raqobat qo‘mitasi va unung tizim tashkilotlari tomonidan ham “Yashil makon” davlat dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.