Joriy yilning 9-aprel kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Uchrashuv davomida, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik, tahliliy va ilmiy izlanishlarni birgalikda olib borish, muzokara maydonchalarini tashkil etish hamda milliy va xalqaro loyihalarda xodimlar ishtirokini ta’minlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Memorandumning imzolanishi davlat organlari o‘rtasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.